Rasmlar va aroq bor joyda gaplashish

Assalomu alaykum! Biz xar kuni xar xil do‘konlarga kirib savdo qilamiz masalan oziq ovqat do‘koni yoki kiyim kechak sotadigan do‘konlar, aksariyat ozik-ovkat do‘konlarida aroq sotiladi yoki kiyim kechak sotadigan do‘konlarda odamlarning rasmlari bo‘ladi va bu joylarga farishtalar kirmaydi lekin biz xech narsadan qo‘rqmay sotuvchi bilan gaplashamiz shu vaqtda farishtalarni kirishi uchun majburlagan bo‘lib gunoxkor bo‘lib qoliyapmizmi? Biz shunday xolatlarda qanday xarakat qilishimiz kerek?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kuchuk yoki surat bo‘lgan uyga kirmaydigan farishtalar bu rahmat farishtalaridir. Hafaza farishtalari esa har qanday vaziyatda ham bandadan ajralmaydilar. Chunki ular bandalarning amallarini yozib borishga buyurilganlar. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar