Go‘sht narxidan to‘yona
Assalomu alaykum! Sinfdoshlar farzandlarimizning xatna to‘yilarida 7kg go‘sht narxidan to‘yona o‘ynagan edik. Sizlardan bu ishimiz noto‘g‘riligini xam, 7 kg go‘sht olib borsak to‘g‘ri bo‘lishini xam bildik. Savolim shuki, menga o‘rtog‘im go‘sht 36.000 so‘mligida to‘yona bergan. Xozir go‘sht 75.000 sum. Men yig‘inga eski yig‘in narxida 252.000 sum berib, qolganini o‘zini qo‘liga 273.000 sum o‘rniga ortiqroq qilib 300.000 sum berib qo‘ysam xam bo‘laveradimi? Chunki ularga so‘qim(hayvon) etalab kelishadi. Go‘sht olib borsam u go‘shtni yana qassobga olib borib berishi kerak. Go‘sht urinib xunuk bo‘lib qolishi mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Yo olgan pulingizni bering yoki o‘rniga uning roziligi bilan 7 kg go‘sht bering. Vallohu a’lam!
7 Oktabr 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 277 | Halol va harom