Brigadirning ishi sudxo‘rlikmi

Assalomu alaykum! Biz bir firmada ishlaymiz, oyliklari yaxshi, namozga ruxsat bor, faqat brigadir o‘sha erda ishlaganimiz uchun oyligimizning 10 foizini oladi bizning va brigadirning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarga ish topib dalolat qilgani uchun bir marta dallollik uchun haq olishi joiz. Yoki o‘zi ishni to‘liq baholab olib keyin sizlarni yollab ishlatsa, xohlaganicha ish haqi to‘lashi mumkin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar