Haj safaridan keyingi namozlar haqida

Assalomu Alaykum SHayh Hazratlari ! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin va hayrli ishlaringiz bardavom bo‘lsin. Muqaddas dinimiz uchun qilayotgan beminnat hizmatlaringiz uchun Allohnining o‘zi mukofotlasin !Mening savolimga o‘hshash savol berilganini aniq ko‘rmadim . Agar savolim takroriy bo‘lsa va sizni ranjitib qo‘ysa avvaldan uzr so‘rayman .Savol bir yaqin insonimdan . Men savolni telefon orqali eshitdim va tushunganimcha yozishga harakat qildim .Savol egasi Muhtarama ayol 33 yoshdan boshlab ibodat qiladilar Ilmli ayollarga ergashib saboq olganlar . 2010 yilda muborak Haj safariga borib kelganlar. U erda ya‘ni Masjidul Haramda yoshlikda o‘qiy olmagan va dinni tanib olguncha bo‘lgan vaqt ichidagi yani 9 - yoshdan 33-yoshgacha bo‘lgan vaqt ichidagi namozlarini hammasini niyat qilib astoydil har kuni namoz o‘qigan ekanlar . Tavba qilib gunohlarinini Alloh kechirishini so‘ragan ekanlar .Haj safaridan kelgan odam pokiza bo‘ladi amal daftari yangidan ochiladi degan hadislarga astoydil ishonadilar . Hozirda ’Hoshgoh , Tahajjud , Ishroq namozlarini o‘qiyotgan ekanlar . Biroq u kishiga TAHAJJUDNI O‘QIMANG siz 9-yoshdan 33 yoshgacha bo‘lgan vaqt ishidagi namozlarni o‘qishingiz kerak deyishyabdi .Shunda ham Tahajjudni o‘qiyotgan ekanlar . Bu gapda asos bormi yo‘qmi bilmaydilar shuning uchun sizga savol yo‘llashni mendan so‘radilar .Ustoz iltimos imkon qadar javob bering Savol egasini dangasalikda aybaly olmayman .Chunki Toshkent shahrida oyoq va bel sohalarida og‘riq bo‘lib aziyat chekadigan insonni Haj ziyoratidagi harakatlarini shijoat va zavqlarini ko‘rganlar ishonmay qolishgan . Allohning mo‘jisasi sababdir .Javob uchun oldindan rahmat deyman . Alloh umringizni va ilmingizni ziyoda qilsin amin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qazo namozlarini o‘qish farz. Tahajjud sunnat. oldin farzni ado etish kerak. Ammo ikkisini qilaman desa, o‘zi biladi. Tahajjud o‘qib, qazoni tark qilish mumkin emas.

6 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar