Ikki yo‘lning qaysi biri to‘g‘ri?

Assalomu alaykum! Yoshim 20da. Alhamdulillah, ishga yaroqli sog‘lomman va o‘qishga ham ishtiyoqim baland. Hozir iTga o‘qiyapman, ishlamayapman. Muammo shundaki, akam va dadam kredit olishgan. O‘sha puldan bo‘lgan rizq menga halolmi? Uyda onam va 6-sinf singlim bor ulargachi? Va qaysi bir yo‘lni tanlaganim to‘g‘ri? 1-o‘qib tezroq ish topishimdan umid bor, to‘liq vaqtimni o‘qishga sarflash. 2-halol ish topib, halol eb, o‘qishga ham vaqt ajratsam yaxshimi, bu holda iT sohasida ish topish kechakishi mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kredit olish bu qarz olib ustamasi bilan qaytarishdir. Qarz summasi harom emas, balki unga foiz to‘lash harom. Akangiz va dadangiz qilgan ishlari uchun tavba va istig‘for aytishsin, imkon boricha tezroq uni yopib yuborishsin. Qayta bunday ishga qo‘l urishmasin. O‘sha puldan foydalanish joiz. Ota-onangiz o‘qishingiz uchun ko‘maklashib turishgan bo‘lsa bor e’tiboringizni shunga qarating. Tezroq dunyo topaman deb ilmdan chalg‘ib ketmang. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 270 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar