Nikoh o‘qilishi

Assalomu alaykum! Bir qarindoshimizni to‘ylari bo‘ldi, keyin ularga nikoh o‘qilishi kerak edi. Kelin hayz xolatida ekan. Nikohni uqiydigan inson hayz xolatida o‘qilmaydi deb o‘qimadi. Ular 5 kun nikohsiz bir xonada yashashdi. Savolim shundaki hayz xolatida nikoh rostdan ham nikoh o‘qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikoh o‘qigan o‘sha inson xato qilibdi. Uning xatosi tufayli kelin va kuyov harom ishga qo‘l urishibdi. Ayolga hayz vaqtida nikoh o‘qish joiz. (Agar avval turmush qurgan bo‘lsa iddasi chiqqan bo‘lishi shart). Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 323 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar