Yo‘l kira

Assalomu alaykum! Bir tashkilotda avtobusda ishchilarni tashiyman, bazida begona odamlar xam chiqadi va ular yo‘l kira beradi. Shu pulni olsam bo‘ladimi? Avtobusni hamma chiqimlari tashkilot xisobidan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tashkilotning ruxsatisiz begona odamlarni avtobusga chiqarishingiz joiz emas. Bordiyu bu holat yuz berganida ham u pullar sizga halol emas. Ularni tashkilotga topshirishingiz shart. Vallohu a’lam!

11 Oktabr 2022, 23:30 | Savol-javoblar | 267 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar