G‘uslni vojib qiladigan narsalar

Assalomu alaykum! “Baxtiyor oila” kitobining “g‘uslni vojib qiladigan narsalar” bandini o‘qib chiqdim, lekin ba’zi bir savollar tug‘ildi. Bulardan: 1) jinsiy aloqani o‘ylasa yoki xotinini quchoqlasa g‘usl vojib bo‘lmasakan, lekin shu ishlar sodir bo‘lganda shaxvat shiddatlasa ham g‘usl vojib bo‘lmaydimi? 2) boshqa bir ayolga yoki qomatiga ko‘z tushib qolsa, lekin shaxvat qo‘zg‘almasada qandaydir suyuqlik kelsa ham g‘usl vojib bo‘lmaydimi? 3) xotinini quchoqlaganda deganda bularning ichiga xotinini o‘pish, teginish ham kiradimi? 4) kitobda maniy, maziy hamda badiy larning hammasi oq suyuqlik deb ta’riflanibti. Shularning farqiga uncha borolmayapman, iltimos biroz tushuncha berib o‘tsangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Vojib bo‘lmaydi.2). Vojib bo‘lmaydi.3). Ha. 4). Maziy va maniy orasidagi farqni bilib oling: 1-«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir.Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi. «Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. (Kifoya).Maniy va maziy tomgan kiyimning tomchi miqdoriga qaraladi, agar maniy to‘rt gramm miqdoricha bo‘lsa, maziy esa kaftni tekislab, ichiga suv quyilganda qancha joyni egallagancha joyga tarqagan bo‘lsa u kiyimda namoz o‘qish makruhi taxrimiy bo‘ladi. Undan oshsa namoz o‘qish joiz bo‘lmaydi. Undan kam bo‘lsa makruhi tanzihiy bo‘ladi. 3-Maniyda qusl, maziyda tahorat vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 Oktabr 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 281 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar