Ayollarning ilm talabida jamlanishlari

Assalomu alaykum! Alloh subhanahu va taologa U Zotning jaloliga yarasha hamdu sanolar bo‘lsin! Alloh rasullarining afzali Muhammad Mustafoga mukammal va tugal salavotu salomlar bo‘lsin! Ayollar ilm tvlvbida jamlanishlvri joizmi? Imom Buxoriy, imom Muslim va boshqa muhaddis allomalar rivoyat qildilar: Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga kelib: "ey Rasululloh, sizning suhbatingizni erkaklar egallab olishdi-ku. Biz (ayollar) uchun ham bir kun ajrating, oldingizga kelaylik, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan bizga ham o‘rgatasiz", dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Falon kuni, falon joyda jamlaninglar". Ayollar o‘sha joyga o‘sha kuni jamlandilar va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning oldilariga kelib, Alloh ta’lim bergan ilmlardan (ayollarga ham) o‘rgatdilar.(Sahihul-Buxoriy, 7310-hadis, Sahihi Muslim, 2634 hadis). Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol/133138

30 Aprel 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar