Ustozimni gapi noto‘g‘ri emasmi

Assalomu alaykum! Bilamizki o‘rtaga pul tashlab musobaqalashib, yutgan odam yig‘ilgan pulni olsa xarom bo‘ladi (qimor kabi). Ammo meni Qor’on o‘rgatuvchi muallimim duo yodlash bo‘yicha musobaqa qilamiz guruhdagi hamma o‘rtaga pul tashlaydi. Ko‘p duo yodlagan 3 kishiga duo yodlaganiga qarab pulni taqsimlab beramiz dedilar. Men bu narsa qimor kabi xarom bo‘lib qolmaydimi deb ustozimdan so‘radim. Lekin ular javob bermadi. Ilm yo‘lida bo‘lsa ham bu ishimiz xarom bo‘ladi deb o‘ylayman. Shu savolimga oydinlik kiritib berishingizni so‘rar edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri aytibdi. Joiz emas. Vallohu a’lam!

12 Oktabr 2022, 00:40 | Savol-javoblar | 269 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar