Odamlar mendan o‘zini olib qochadi
Assalomu alaykum! Yoshligimdan (10yoshimdan beri shekil) do‘stim yo‘k, odamlar mendan o‘zini olib qochadi. Ko‘chadigi odamlar xam men bilan o‘zidan o‘zi urishib ketaverardi. Oila a’zolarim bilan xam shu axvol. Ba’zan o‘zimni o‘ldirish xaqidagi xayollar kelaveradi. Lekin keyin kanalingizdan dam solish xaqida o‘qib qoldim, xar kuni o‘zimga dam solganimdan keyin odamlarni munosabati ancha yaxshilandi, xali xam xayratdaman. Ammo xayiz ko‘rgan xolatimda, ya’na odamlar o‘zini olib ko‘chadi, (xatto mushugim xam) oila a’zolarim yo‘q narsadan janjal chiqib urib ketishadi. 1). Xayiz ko‘rgan xolatimda nima qilishni maslaxat berasiz? 2) Endi umrimni oxirigacha o‘zimga o‘zim dam solib yuramanmi? Chunki akamla xadeb dam solish shart emas dedila.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kundalik sunnatlarini o‘rganib, ularni bajarib yurishni o‘zingizga odat qilasiz. Tongi va tungi zikrlarni qoldirmay aytasiz. Bu uchun Imom Navaviyning al-Azkor kitobidan foydalansangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 Oktabr 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 270 | Turli savollar