Bular tahoratni buzmaydimi?
Assalomu alaykum! Ayol kishi taxorat qilib keyin bo‘yansa, ya’ni ko‘ziga qalam, kiprigiga tush, yuziga pudra yo tonalnыy krem yo oziqlantiruvchi krem(agar u krem toza maxsulotdan, tabiiy giyox o‘tladan bo‘lsa) taxorat buziladimi? O‘sha bo‘yangan xolida namoz o‘qisa bo‘ladimi? Agar lab bo‘yoq qo‘ygan bo‘lsa, namoz o‘qishdan oldin faqat labidagi bo‘yoqni uchirsada, namoz o‘qisa joizmi? Lab bo‘yoq taxorat o‘tkazmasligini eshitganman, ammo yuqorida keltirgan vositalar ham shundaymi? Surma ko‘yilgan xolda ham namoz o‘qisa bo‘ladimi? Savolimga javob olish istagida Allox sizdan rozi bo‘lishini so‘rab qolaman, rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Buzilmaydi. 2). Bo‘ladi. 3). O‘zidan suv o‘tkazadigan krem va turli bo‘yoqlarni surtgandan keyin ustiga tahorat olsa bo‘ladi. Tirnoqlarga qo‘yiladigan lak suv o‘tkazmaydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 06:29 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar