Vasvasadan qutulish
Assalomu alaykum! Men juda og‘ir axvolga tushib qoldim. Sal kam 4 yildan beri aqiydaviy vasvasaga uchrab kelyabman. To‘g‘ri yo‘ldan adashib ketmadimmi yani dinda g‘uluvga ketib xayoliy narsalarga ergashib ketib qolmadimmi deb qo‘rqyapman. Taxminan 2 yilcha avval vasvasalar kuchayib namoz o‘qiganimda Allohni zikr qilmoqchi bo‘lsam Alloh degan yozuvni ko‘z oldimga keltiradigan bo‘lib qolibman. Keyin qo‘rqib ketib shirk qilib qo‘ydimmi deb, xato tushunchalar esimdan chiqib ketsin degan manoda namoz o‘qishni tashlab qo‘ydim. Malum bir muddatdan so‘ng namozni boshladim, astoydil tavba qilib noumid bo‘lmaslik kerak deb taqvo qilishga xarakat qildim. Lekin borgan sayin vasvasalar kuchayib ketdi. Yaqinda bir domlaga xam Alloh to‘g‘risida savol bergan edim, siz chuqur kirishyapsiz yani, g‘uluvga ketmang degan manoda gapirdilar. Bazida Shunday xayollar kelyaptiki sen Alloh deb boshqa narsaga yoki shaxsga ibodat qilyabsan degan xayollar kelaveradi. Aynan zikr yoki istig‘for aytay desam sen yana yozuvni aytmayapsanmi degan xayol kelaveradi yoki kitob o‘qiganda xam shunday xayollar kelaveradi. Nima qilay juda qiynalib siqilib kettim? O‘zim yo boshqalar zikr qilmoqchi bo‘lganda yoki zikr qilishyapkanda g‘alati xolatga tushub qolaman. Bazida esa insonlarni yoki narsalarni ismini aytmoqchi bo‘lsam sen Allohni aytyapsan degan vasvasalar kelaveradi. Namoz o‘qiganimda yoki zikr qilganimda xech nimani o‘ylamay ko‘zimni yumib olaman. Xar xil chunarsiz odatlar xam paydo bo‘lib qoldi. O‘zimni xolatimni o‘zim chunmay qoldim. O‘zimga bo‘lgan ishonch xam susayib ketdi. Gunoxlarim ko‘payib yomon inson bo‘lib qoldimmi deb o‘ylab qolaman. Yangi ibodatni boshlagan paytlarimni sog‘indim. Iymon xalovatida namoz o‘qib yurardim. Iltimos nima qilay? Sof aqiydada, to‘g‘ri yo‘lda, xidoyatda yurib yaxshi inson bo‘lishni xoxlayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayton sizni vasvasa qilib ibodatdan sovutish payida ekan. Vasvasadan qutulishning eng oson yo‘li unga mutlaqo parvo qilmaslikdir. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 216 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayton sizni vasvasa qilib ibodatdan sovutish payida ekan. Vasvasadan qutulishning eng oson yo‘li unga mutlaqo parvo qilmaslikdir. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 216 | Aqiyda