Donat orqali pul ishlash

Assalomu alaykum! Yutubda kanal yordamiga obunachilar(odamlar)dan pul olishlik joizmi? Donat orqali kanalga yordam sifatida pul olishlik mumkinmi? Bu kanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kanalda shariatga zid materiallar joylanmasa va insonlarga manfaati etib turgan bo‘lsa uni rivojlantirish uchun obunachilardan yordam puli so‘rashning zarari yo‘q. Muayyan shaxs o‘zi uchun pul so‘rasa va kanalni bu uchun niqob qilib olgan bo‘lsa hadisda nahiy qilingan holatga tushib qoladi.عَنْ أبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قالَ: قال رَسُولُ الله صلى الله عليه وسلم: «مَنْ سَألَ النَّاسَ أمْوَالَهُمْ تَكَثُّراً، فَإِنَّمَا يَسْألُ جَمْراً، فَلْيَسْتَقِلَّ أوْ لِيَسْتَكْثِر». أخرجه مسلمAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim(eyishga narsasi bo‘laturib) molni qo‘lga kiritish uchun odamlarning molidan tilansa albatta u cho‘g‘ni tilangan bo‘ladi. Xohlasin oz tilasin, xohlain ko‘p tilasin”.
Muslim rivoyati. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَأَنْ يَأْخُذَ أَحَدُكُمْ حَبْلَهُ فَيَحْتَطِبَ عَلَى ظَهْرِهِ خَيْرٌ لَهُ مِنْ أَنْ يَأْتِيَ رَجُلًا، فَيَسْأَلَهُ، أَعْطَاهُ أَوْ مَنَعَهُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, birovingizning arqon olib, elkasida o‘tin ortib kelgani, birovning oldiga borib, bersa-bermasa, tilanganidan yaxshiroqdir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 262 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar