Kitobxonlik duelida yutqazgan ishtirokchi

Assalomu alaykum! Kitobxonlar kanalida bir loyiha boshlashgan ekan. Men ham qatnashmoqchi bo‘lib, shartlarini o‘qib chiqdim. Loyihada ishtirok etayotgan ishtirokchilardan 1-2- va 3- o‘rinlarni egallagan ishtirokchilariga pul mukofoti va’da qilingan. Ammo guruhlarga 3 kishidan ajratilgan 30 ishtirokchi orasida yutqazgan ishtirokchi o‘z guruhida g‘olib bo‘lgan raqibiga u xohlagan kitobni olib berishga majbur ekan. Bu ish qimor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Shu qoidaga tushgani uchun joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Qimor ikki ishdan iboratdir. Bir tarafdan pul to‘lanishi aniq, nariga tarafdan to‘lanishi aniq emas. Ikkinchisi pul tikkan kishining holati ikki qismga bo‘linadi. Tikkan puli to‘laligicha botib yo‘q bo‘ladi yoki narigi tarafning molini to‘laligicha tortib keladi. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 250 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar