Boy bo‘lmasdan xajga borsa, keyin boy bo‘lsa

Assalomu alaykum! Zimmasiga haj farz bo‘lmagan ota hajga boy farzandini mablag‘i bilan borib kelsa, keyin ota o‘zi boy bo‘lib qolsa, zimmasiga haj qayta farz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha birinchi marta qilishi bilan farz haji ado bo‘ladi. Boy bo‘lganida qayta farz bo‘lib zimmasiga tushmaydi. Vallohu a’lam!

30 Oktabr 2022, 13:54 | Savol-javoblar | 266 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar