Eski qabr tepasidagi xoch

Assalomu alaykum! Qabristonimizda ba’zi qabrlar ustiga xoch qo‘yilgan (kariyalarni aytishicha ancha oldin ko‘milgan). Xozir xochlar shu holatda turaveradimi? Shariatda qanday ko‘rsatma bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hukmini bilmaymiz. Buni o‘rganib javobini beramiz. Fiqhiy kitoblarimizda musulmonlar qabristoniga musulmon bo‘lmagan kishilarni qo‘yish joiz emas. Mabodo xato bilan qo‘yilgan bo‘lsa ularni chiqarib, o‘z qabristonlariga ko‘mib qo‘yish kerak. chunki musulmon bo‘lmagan kishilarga qabr azobi bo‘lishi hamda yonidagi musulmonlarga ham zarari tegishi hadislarda kelgan. عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: بَيْنَمَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي حَائِطٍ لِبَنِي النَّجَّارِ عَلَى بَغْلَةٍ لَهُ وَنَحْنُ مَعَهُ إِذْ حَادَتْ بِهِ فَكَادَتْ تُلْقِيهِ، وَإِذَا أَقْبُرٌ سِتَّةٌ أَوْ خَمْسَةٌ أَوْ أَرْبَعَةٌ، فَقَالَ: مَنْ يَعْرِفُ أَصْحَابَ هَذِهِ الْأَقْبُرِ؟ فَقَالَ رَجُلٌ: أَنَا، قَالَ: فَمَتَى مَاتَ هَؤُلَاءِ؟ قَالَ: مَاتُوا فِي الْإِشْرَاكِ، فَقَالَ: إِنَّ هَذِهِ الْأُمَّةَ الْمُحَمَّدِيَّةَ تُبْتَلَى فِي قُبُورِهَا، فَلَوْلَا أَلَّا تَدَافَنُوا لَدَعَوْتُ اللهَ أَنْ يُسْمِعَكُمْ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ الَّذِي أَسْمَعُ مِنْهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ  Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Bani Najjorning bog‘ida o‘zlarining xachirlarini minib borar edilar. Biz u zot bilan birga edik. Xachir u zotni olib qochib, yiqitib yuboray dedi. Qarasak, oltitami, beshtami, to‘rttami, qabr turibdi.
«Manavi qabrlarning egalarini kim biladi?» dedilar.
«Men», dedi bir kishi.
«Ular qachon o‘lganlar?» dedilar.
«Shirkda o‘lganlar», dedi.
«Albatta, bu ummati Muhammadiya qabrlarida sinovga uchraydi. Agar dafn qilmay qo‘yishingiz bo‘lmaganida, Allohga men eshitib turgan qabr azobini sizlarga ham eshittirishini so‘rab duo qilardim», dedilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar