Gunohlardan batamom poklanish uchun
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir odam kelib: «Ey Allohning Rasuli, ikki vojib qiluvchi nima?» dedi. «Kim Allohga hech narsani shirk keltirmagan holda o‘lsa, jannatga kirishi, kim Allohga biror narsani shirk keltirgan holda o‘lsa, do‘zaxga kirishi», dedilar». Shu erda menda bir savol tug‘ildi biz Allohga hechnarsani sherik qilmaganmiz demak insha Alloh jannatga kiramiz lekin shu xadisni sharxida aytilibdiki "Allohga hech narsani shirk keltirmagan holda o‘lish. Bu sifat jannatga kirishni vojib qiladi. Bunga ega bo‘lgan odam jannatga kirmay qolmaydi. Gunohiga yarasha do‘zaxda yotgandan keyin bo‘lsa ham, jannatga kiradi." Shu gunohiga yarasha do‘zaxga kirmaslik uchun gunohlardan pok bo‘lishi kerak. Meni bilib bilmay qilgan gunohlarim ko‘p Iltimos menga shunday amallarni o‘rgatingki yangi tug‘ilgan chaqaloqda qanday gunoh bo‘lmasa shu amallarni qilib yurib menham shunday gunuhdan pok yursam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh tarafidan Allohni farzlarini va harom qilgan amallarini ummatga ta’lim berganlar. O‘rganishni boshlasangiz bo‘ldi. Bir chekkadan farz qilganlarini amalga oshirishni, qaytarganlaridan qaytishni boshlaysiz. Gunoh badanga yopishgan loyga o‘xshaydi, u loyni tezda yuvib tashlasangiz badan yana toza holga kelaveradi. Yuvishni kechiktirganingiz sari kirligi qattiqlashib boraveradi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 21:25 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar