Elektr montajda kabel qoldiqlari
Assalomu alaykum! Men elektrik bo‘lib ishlayman. Montaj ishi mobaynida kabelning qoldiklari yani shit, avtomat, rozetka, vklyuchatel va x.k o‘rnatilaetganda ortiqcha kabellar xalaqt bersa kesib tashlanadi bo‘lmasa qoladi. 1- savolim shu kesib tashlangan kabellarning qoldiklarini yig‘ib tozalab sotib pulini o‘z extiejimga ishlatsam bo‘ladimi? Oldinlari shubxali deb olmas edim. Bir safar bir joyda ishlayotganimda eski imoratlardan eski kabellarning qoldiklari ancha uzunlari xam chiqdi, yig‘ib sotdim (katta pul) keyin va shu kundan xalovatim yo‘qoldi pulini ishlatmadim aloxida olib qo‘ydim xozir turibdi. 2-savolim; agar mumkin bo‘lmasa pulni imoratning egasiga qanday qaytarsam bo‘ladi (chunki men o‘sha erda ishlaydigan prorab bilan bir sabab kelishmay qoldik u mendan ayb qidiriyapti topsa meni uyaltirish uchun).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). U pullar sizniki emas. Ularni imorat egasiga qaytarishingiz shart.2). Nima ish bo‘lganini aytmay, hadya sifatida qaytarsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
31 Oktabr 2022, 08:22 | Savol-javoblar | 658 | Halol va harom