Haq, monopoliya

Assalomu alaykum! 1. Monopol tashkilotda (mashina ishlab chiqariladi) ishlashning hukmi qanday? 2. Ishga kirayotganimda yashash joyimdan uzoqqa (400km) borib ishlashimni harajatlari(yo‘lkira, ijara eb ichish) uchun 1 500 000 va’da qilingan edi direktor o‘rinbosari tomonidan, keyin bilsam bu pulni olish uchun shuncha summaga tuzilgan (1 600 000 gacha) ijara shartnomasi ko‘rsatishim kerak ekan , ya’ni faqat ijara harajati uchun berilar ekan . Meni ijara harajatim 550 000, Savol: va’da qilingan pul meni haqqimmi, uni 1 600 000 so‘mga tuzilgan shartnoma bilan olsam bo‘ladimi? (Ya’ni bu pulni ijaradan iqtisod qilaman va yo‘lkira... uchun ishlataman, yoki men hammasini ijaraga ishlatishga majburmanmi, u pul nimaga ishlatsam ham beriladi faqat iqtisod qilmoqchi bosam ijara harajatim bo‘rttirib ko‘rsatishim kerak)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz.2). Va’daning o‘zi bilan o‘sha pul sizning haqqingizga aylanib qolmaydi. Faqat ijara harajati uchun berish ko‘zda tutilgan bo‘lsa bunga xilof qilishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!

31 Oktabr 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 384 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar