Jamoat transportida yo‘l xaqi

Assalomu alaykum! Hozir jamoat transportlarida insonlarga qulaylik yaratish maqsadida atto to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilgan va shu to‘lov tizimidan foydalanishimizni tv reklamalarda ham tavsiya etishmoqda agar bizda atto transport kartasi bo‘lsayu lekin to‘lov qiliahga kelganda validator ishlamay qolib chiptachi tushaverin desa buni hukmi qanday bo‘ladi biz qarzdor bo‘lib qolmaynizami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzdor bo‘lib qolasiz. Boshqa to‘lov uslubida darhol to‘lashingiz kerak. Agar o‘sha paytda to‘lov qilishga umuman imkoningiz bo‘lmasa, zarurat taqozo qilgani uchun to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lgan boshqa avtobusga to‘lang (barchasining hisobi bir bo‘lgani uchun). Vallohu a’lam!

31 Oktabr 2022, 10:32 | Savol-javoblar | 347 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar