Treding

Assalomu alaykum! Treding haqida so‘ralgan qanday ishlashni aytsangiz javob beramiz deb javob yozilgan ekan. Savolim shu haqida treding bir usuli 7option - valyuta juftliklari, kripto-valyutalar yoki OTS birjada narxlarning ko‘tarilishi yoki pasayishiga garovlarni qabul qiladigan onlayn platforma. Birja narhi ko‘tariladi deb 100 000so‘m pul kiritilsa, Birja narxi shu aytganday ko‘tarilsa, pul ko‘payadi. Agar birja narxi Pasaysa pul yo‘qotadi. shu halolmi. Birja narxi Ko‘tarilish yoki tushishini tanlanadi qaysi biri to‘g‘ri chiqsa 10 000 so‘m 18000 so‘m bo‘lib qaytadi. Aksi bo‘lsa qo‘ygan pul ham yo‘qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qimordir. Joiz emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:14 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar