Nikox, farzand va sun’iy uruglantirish
Muxtaram shayx xazratlari! Allox barcha savobli ishlaringizga ajr-savoblarini cheksiz kilsin. Rabbimiz Uzbekiston axlini yaxshi kurgani uchun, sizdek olimni biz bandalariga junatgan va korongulikdan yoruglikka yul topishga imkon berdi.Men savol emas, kuprok masala bilan murojaat etdim. Bir ayol bilan uzok vaktdan buyon tanishmiz. Uzok vakt turmush kurmaganligi bois 7 yil oldin bir erkakka ikkinchi oila bulgan. Lekin adolat bulmadi va farzand kurmadi. Ayol uzini tekshirtirdi, aybi yuk. Albatta Alloxning irodasi ekan deb sabr kilyapti, ammo yoshi kirkdan utyapti. Sizning saytingizda nikoxdagi erdan ayolni sun’iy uruglantirish mumkin degan fatvoni ukib, turmush urtogiga sun’iy yulda uruglantirishni taklif etgan edi. Ammo erkak rozi bulmadi. Undok bulsa, ayol meni bezovta kilmang dedi va mana beshinchi oy ular kurishishmayapti. Ammo ayol uzi nixoyatda farzand kurishni istaydi.Ushbu vaziyatdan kelib chikib, kuyidagi savollarni bermokchi edim: 1) Eri bilan kancha muddat yashamagandan sung talok tushadi (bu vakt ichida na moddiy yordam bergan va na xabar olgan) va uni tasdiklash uchun u bilan uchrashish va ushbu suzni ayttirish lozimmi? 2) Men ushbu ayolni nikoximga olsam va biz sun’iy uruglantirish uchun doktorlarga murojaatga etsak joiz buladimi? (Alxamdu lillax, bugungi kunda 5 nafar farzandim bor va nasib kilsa yana kutajakmiz, ular barchasi soglom, xech kanday akliy yoki jismoniy zaiflik yuk).3) Nikoxga olishlikda nozikligi - biz ikkalamiz boshka shaxarlarda yashaymiz va men bugungi kunda tulik ikki oilaga moddiy gamxurlik kila olmayman, ammo u ayol men bunga muxtoj emasman (uzi tashkil etgan tadbirkorlik korxonasi bor) va men talab kilmayman deyapti?4) Ikkalamiz dustona munosabatda bulganimiz bois ayol men bilan jinsiy yakinlikni xech kabul kilmokchi emas bunda nikox xakikiy buladimi? (Fakat farzand uchun nikox kurishga tayyor) 5) Ushbu xolatni islomiy jixatdan tugri bulishi uchun, kandok tavsiyalar berasiz? Muxtaram ustoz (siz ushbu saytni barcha ukuvchilariga ustozsiz deb uylayman, xar xolda men uzim shundok deb bilaman), men ushbu ayolni farzand istaganligi uchun unga yordam berish maksadidaman,chunki kamina Alloxning biz bandalarga berilgan asosiy vazifalardan biri bulmish farzand kurmok va ularni tugri tarbiyalamokligini xisobga olgan xolda shundok irodadaman. Mabodo ushbu niyatim mutlako notugri bulsa, ushbuni aytsalar va boshka chora-tadbir tavsiya etsalar, bexad minnatdor bular edim! Umid kilamanki, sizning vaktingizni bexuda olmadim va ushbu murakkab masalada Allox kursatgan yulni yoritib berasiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Er bilan yashamasilk taloq tushishiga olib bormaydi. Taloq so‘rash yoki arz qilib nikohni buzish kerak.2. Sunniy urug‘lantirish niyatida nikoh durust emas.3. Ayol o‘zi rozi bo‘lib, haqqidan kechishi joiz.4. Bu shaklda nikohga ruxsat yo‘q.5. Nikohning shartlari va maqsadlari yuzaga chiqishi kerak.
30 Aprel 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Er bilan yashamasilk taloq tushishiga olib bormaydi. Taloq so‘rash yoki arz qilib nikohni buzish kerak.2. Sunniy urug‘lantirish niyatida nikoh durust emas.3. Ayol o‘zi rozi bo‘lib, haqqidan kechishi joiz.4. Bu shaklda nikohga ruxsat yo‘q.5. Nikohning shartlari va maqsadlari yuzaga chiqishi kerak.
30 Aprel 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush