Nasiyadagi bir xolat

Assalomu alaykum! Nasiya savdosi to‘g‘risida o‘qib chiqdim lekin menda sal boshqacha xolat. Men muntazam ravishda bozorga tavar tarqatib kelaman. Boshida xammaga muddatni 1 xafta dep belgiladim. Lekin xamma xar xil paytda berdi. Xozir xam kimdur 1 xaftada kimdur 2xaftada yana kimdur 1 oyda beradi shu tarzda savdo yurib ketdi men ularni doim qanchada pul berishlarini bilaman va narxni shunga qarab belgilayman shunga xar safar muddat belgilamasam bolaveradimi? Yana bir xolat bazi kishilar xar xafta qanchadir miqdorda tavar olaveradi va xar xafta astatkaga qarab ma’lum miqdorni berib boradi shu xam durustmi. Savolim bir oz oxshash lekin siz azizlarning o‘zingizdan javob olsh umididaman manbalarni o‘qib chiqib uzimga fikr chiqara olmadim uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo yo naqd yo nasiya bo‘lishi mumkin. Naqd savdoda sotuvchi pulni darhol talab qilishga, hatto sotilgan molni hali xaridorga topshirmagan bo‘lsa pulning oxirgi tiyinini olmagunicha molni bermay turishga haqli. Nasiya savdoda esa aksincha, ya’ni xaridor to belgilangan muddat kelmagunicha pulni bermaslikka haqli. Sotuvchi savdodan keyin molni darhol topshirishi shart, ushlab turishga haqqi yo‘q. Shu e’tiboridan savdo nasiya ko‘rinishida bo‘ladigan bo‘lsa muayyan muddat aniq qilib belgilanishi shart. Aks holda savdo fosid bo‘ladi. Siz ham nasiya savdoingizga ozmi-ko‘pmi aniq vaqt belgilab olishingiz lozim. Vallohu a’lam!

10 Fevral 2023, 00:07 | Savol-javoblar | 103 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar