Namozda sunnatiy duolar

Assalomu alaykum! Mo‘minlar onasi Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom ruku’ va sajdalarida: سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَبِحَمْدِكَ ، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي  «Subhanakallohumma robbana bihamdik, Allohummag‘firliy», der edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, mening gunohlarimni mag‘firat qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Shu duoni Sunnat va Vitr vojib namozlarida o‘qisam bo‘ladimi? Va ummuman shu xadis xakida batafsil malumot bersangiz sharxi bilan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu duoni nafl namozlarida o‘qisangiz bo‘ladi. Ravotib sunnatlar nafllar sirasiga kiradi.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي رُكُوعِهِ وَسُجُودِهِ: سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَبِحَمْدِكَ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sujudlarida: «Subhanakallohumma Robbana va bihamdik. Allohummag‘firli», der edilar». 
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Bu rivoyat ham oldingi hadisi sharifga o‘xshash, faqat duoning siyg‘asi boshqa. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duoni ruku’dan tashqari, sajdada ham o‘qiganliklari haqida so‘z bormoqda. Duoning ma’nosi: «Allohim, Robbimiz, Seni poklab yod etaman va hamd aytaman. Allohim, meni mag‘firat qilgin». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Avgust 2023, 08:33 | Savol-javoblar | 0 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar