Halol sigaret

Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarda Qust Al Hindiydan tayyorlangan sigaretalarni chekib reklama qilishayabdi, etishlaricha foyda va halol ekan. Lekn tashqaridan qaragandi g‘irt fosiqlar davrasiga o‘xshayabdi, tag‘in Alloh Alloh deb qo‘yishayabdi. Shu borada shariatning hukmi qanday? Sigaret tarkibida foydali biron modda bo‘lsa ham o‘zini fosiqlaga o‘xshatish bo‘lib qolmaydimi? Eng achinarlisi o‘zini "taqvoli" deb hisoblaydigan chala ilmlilar reklama qilib yurishibdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U tamaki emas, balki hadisda zikr kelgan odamga foyda qiladigan o‘simlik. Uni tutatib ichiga yutsa insonga foydalimi yoki zararli shuni tabiblar aniqlasa shar’an hukmi chiqadi. Reklamada haddidan oshganlar va asossiz bir narsaga hukm chiqarishlik joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar