O‘z pulga sotib olingan suv xaqida
Assalomu alaykum! Suvni tikka turib ichmaslik xaqida gap ketgandi, shunda bitta domlamiz aytdilar o‘z pulinga sotib olgan suvni tikka turib ichsa bo‘ladi dedilar. Shu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri.Ichish odobi haqidaعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: شَرِبَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَائِمًا مِنْ زَمْزَمَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: شَرِبَ مِنْ زَمْزَمَ مِنْ دَلْوٍ مِنْهَا وَهُوَ قَائِمٌ.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib zamzamdan ichdilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat qilishgan va Termiziyning lafzida:
«Zamzamdan undagi chelakdan, tik turgan holda ichdilar», deyilgan.
Sharh: Shuning uchun ham hozirgacha, zamzam ichish odoblari haqida so‘z ketganda ushbu hadisi sharifga amal qilish tavsiya qilinadi.وَأُتِيَ عَلِيٌّ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَلَى بَابِ الرَّحَبَةِ بِمَاءٍ، فَشَرِبَ قَائِمًا فَقَالَ: إِنَّ نَاسًا يَكْرَهُ أَحَدُهُمْ أَنْ يَشْرَبَ وَهُوَ قَائِمٌ، وَإِنِّي رَأَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَعَلَ كَمَا رَأَيْتُمُونِي فَعَلْتُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ.Ali roziyallohu anhuga Rohba eshigi oldida turganida suv keltirildi. Bas, uni tik turib ichdi va:
«Albatta, odamlar tik turib ichishni makruh ko‘radilar. Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamni xuddi men qilganimni ko‘rganingizdek qilganlarini ko‘rdim», dedi».
Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu rivoyatdan zamzamdan boshqa suvni ham tik turib ichish joizligi chiqadi.وَأَرْسَلَتْ أُمُّ الْفَضْلِ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِقَدَحِ لَبَنٍ وَهُوَ وَاقِفٌ بِعَرَفَةَ، فَأَخَذَهُ فَشَرِبَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.«Ummu Fazl roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bir qadah sut yubordi. U zot Arafotda tik turgan edilar. Bas, uni olib ichdilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.وَلِمُسْلِمٍ وَأَبِي دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيِّ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الشُّرْبِ قَائِمًا. وَلِمُسْلِمٍ: لَا يَشْرَبَنَّ أَحَدٌ مِنْكُمْ قَائِمًا فَمَنْ نَسِيَ فَلْيَسْتَقِئْ.Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyatida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib ichishdan qaytardilar», deyilgan.
Muslim rivoyatida esa:
«Sizdan birortangiz ham tik turib ichmasin. Kim unutgan bo‘lsa, qusib yuborsin», deyilgan.
Amr ibn Shuaybdan, u otasidan, u bobosidan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamni tik turib ham, o‘tirib ham ichayotganlarini ko‘rdim».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Ulamo ahli ichimlikni tik turib yoki o‘tirib ichish haqida kelgan rivoyatlarning hammasini jamlab, taqqoslab, boshqa sabablarini ham topib o‘rganib chiqqanlaridan keyin o‘tirib ichish mustahabdir, tik turib ichish esa, ba’zi vaqtlarda joizdir, deganlar.
Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikka puflashdan qaytardilar. Bas, bir kishi:
«Idishga tushib qolgan narsani ko‘rsam-chi?» dedi.
«Olib tashla», dedilar U zot.
«Men bir nafasda icha olmayman», dedi.
«Undoq bo‘lsa, qadahni og‘zingdan uzoqlashtir», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam taomlanish madaniyatini qanchalik mehnat ila joriy qilganlarining yorqin namunasini ko‘rib turibmiz. Har bir narsani aytib-tushuntirish, turli savollarga chidam bilan javob berish lozim bo‘lgan ekan. Avval U zot ichish odoblaridan birini sahobalarga bayon qilmoqdalar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikka puflashdan qaytardilar».
Ammo, bu qaytarishni eshitish bilan hamma shundoq qilmasligimiz kerak ekan deb ketavermadi.
Bas, bir kishi:
«Idishga tushib qolgan narsani ko‘rsam-chi?» dedi».
Ya’ni, siz idish ichiga puflamanglar demoqdasiz, ammo, bir ichimlikni ichmoqchi bo‘lib og‘zimga olib borsam, idishda, ichimlik ustida bir narsa turgan bo‘lsa, puflab yuborish kerak bo‘ladi-ku? Bu savolga javoban:
«Olib tashla», dedilar U zot».
Ya’ni, o‘sha narsani ham puflama, balki olib tashla. So‘rovchida yana boshqa savol paydo bo‘ldi va u o‘sha savolni ham berdi:
«Men bir nafasda icha olmayman», dedi.
Ya’ni, men idishdagi ichimlikni bir nafas bilan oxirigacha ichib bitira olmayman. Orada nafas olishim kerak bo‘ladi. Orada nafas olsam, idish ichiga puflashim kerak bo‘ladi. Bunga nima deysiz? Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sabr bilan bu masalani ham hal qildilar:

Ya’ni, nafasing etmay qolganda idishni og‘zingdan uzoqlashtirib, nafasingni rostlab olib, keyin ichishda davom etsang, idish ichiga puflash sodir bo‘lmaydi.
Odamning og‘zidan chiqadigan nafasda turli ko‘zga ko‘rinmas zararli narsalar, qo‘lansa hid va boshqalar bo‘lishi hozirgi paytda hammaga ma’lum bo‘lib qoldi.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon biringiz ichsa, idish ichiga nafas olmasin», dedilar».
Sharh: Ichimlik ichayotgan odam nafas olmoqchi bo‘lsa, ichishdan to‘xtab, idishni og‘zidan uzoqlashtirib turib, nafas oladi. So‘ngra yana ichishni davom ettiradi.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlik ichganda uch marta nafas olar edilar va:
«Mana shu qondiruvchiroq, bezararroq va botuvchiroq», der edilar». Anas:
«Bas, men ham ichimlik ichganda uch marta nafas olaman», dedi».
Ikkisini to‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ulamo ahli bu xilda ichimlik ichishni yaxshilab tekshirib ko‘rganlar. Odam chanqab turganda badani, ichki a’zolari o‘ziga yarasha boshqacha bir holatda bo‘lar ekan. Albatta, o‘sha paytda birdaniga ko‘p miqdordagi sovuq ichimlik iste’mol etish sog‘likka zarar ekan. Ammo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilib ichishda esa, katta foydalar bor ekan.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlik ichganda uch marta nafas olar edilar».
Ya’ni, U zot avval bir oz ichimlik ichib, og‘izlari, tomoqlari va boshqa a’zolarining chanqoqlik holidan bir oz boshqa holga o‘tishini ta’minlar edilar. A’zolar bir oz ko‘nikib olgandan keyin esa, ko‘proq ichar edilar. Hamma narsa o‘z o‘rnini topgandan so‘ng, keragini ichar edilar va:
«Mana shu qondiruvchiroq, bezararroq va botuvchiroq», der edilar».
Ya’ni, mana shundoq qilib ichilganda chanqoq qonadi, sog‘likka zarar etmaydi va ichimlikning badanga botib, singib ketishi ham yaxshi bo‘ladi.
«Anas:

Hadisning roviylari Anas ibn Molik roziyallohu anhu o‘zlari rivoyat qilgan hadisga o‘zlari qandoq amal qilishlarini ham targ‘ib uchun qo‘shib qo‘ymoqdalar. Bizlar ham shundoq amal qilmog‘imiz lozim.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Tuyaning ichishiga o‘xshab bir martada ichmanglar. Ikki marta, uch martada ichinglar. Qachon sizlar ichsangiz, tasmiya ayting. Qachon ichib bitirsangiz, hamd ayting», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Demak, ichimlik ichadigan odam shoshilmay, yaxshilab o‘tirib olib, oldin «Bismillahi»ni aytib, tuyaga o‘xshab og‘zini boricha to‘ldirib olmay, oz-ozdan, bo‘lib-bo‘lib ichishi kerak ekan. Ichib bo‘lgandan keyin esa, Alloh taologa shukr aytishi lozim ekan.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam sut ichdilar va undan og‘izlarini chayqadilar hamda:
«Uning moyi bor», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Moyli narsa og‘izda turib qolsa, zarar etkazadi. Demak, sut va sutga o‘xshash moyli narsalar ichgandan keyin og‘izni yaxshilab chayqash lozim ekan.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlik saqlanadigan idishlarning og‘zidan ichishdan qaytardilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ichimlik ichmoqchi bo‘lgan odam ichimlik saqlanadigan idishdan qadahga(piyolaga) quyib olib, ichmog‘i lozim. Har kim umumiy idishga og‘zini qo‘yib ichaversa, tabiatga ham, odobga ham, tibbiy ko‘rsatmalarga ham to‘g‘ri kelmaydi.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z sahobalaridan bir kishi bilan ansoriylardan bir kishinikiga kirdilar. U bog‘iga suv tarayotgan ekan. Bas, U zot:
«Agar huzuringda bu kecha meshkobda qolgan suv bo‘lsa (keltir), bo‘lmasa, og‘zimiz ila ichamiz», dedilar.
«Ha, menda bu kecha meshkobda qolgan suv bor», dedi u».
Abu Dovud va Buxoriy rivoyat qilgan va:
«Va kapasiga borib, qadahga suv quydi. Ustiga qo‘yni sog‘di. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichdilar. So‘ngra u yana qaytardi. U zotning sohiblari ichdi»ni ziyoda qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Mezbondan suv so‘rash odobi.
2. Suv saqlanadigan idishda suv bo‘lsa o‘shandan tanovul qilish afzalligi.
3. Suv saqlanadigan idishda suv bo‘lmasa, oqayotgan suvdan og‘iz bilan ichish mumkinligi.
4. Suv saqlanadigan idishdan qadahga quyib ichish.
5. Suvning ustiga sut qo‘shsa joizligi.
6. Avval fazl ahliga ichimlik tutib, keyin boshqalarga tutmoqlik.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga suv aralashtirilgan sut keltirildi. U zotning o‘ng tomonlarida bir a’robiy, chap tomonlarida Abu Bakr bor edi. Bas, U zot o‘zlari ichib, so‘ngra a’robiyga berdilar va:
«O‘ng tarafdan, o‘ng tarafdan», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar::
1. Sutga suv aralashtirib ichish mumkinligi.
Albatta, bu ichuvchiga bildirilgan holda va ushbu rivoyatdagiga o‘xshagan o‘tirishlarda bo‘lsa. Ammo hiyla tariqasida sutga suv aralashtirib sotish haromdir.
2. Ko‘pchilik o‘tirganda ichimlikni avvalo eng afzal, muhtaram shaxsga tutish lozimligi.
3. Undan keyin o‘sha muhtaram shaxsning o‘ng tomonidagi kishiga navbat kelishi.
4. So‘ngra o‘ng tomondan davom etib ketaverishi.

«Qavmning soqiysi ichishda oxirgisidir», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Odob bo‘yicha bir qavmga soqiylik qilib, suv va boshqa chanqovbosdi ichimliklar tarqatib turgan kishi o‘zi oxiri ichadi. Oldin mehmonlarning xizmatini qilib savobni tugal olib, so‘ngra bemalol o‘zi ichsa bo‘laveradi. Taom ulashuv bilan mashg‘ul dasturxonchi ham shundoq qiladi.XULOSAUlamo ahli ichimliklarni ichish odobi va unga bog‘liq barcha dalil va hujjatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqanlaridan keyin jumladan quyidagi mulohazalarni aytganlar;
1. Haromligiga dalil qoim bo‘lmagan barcha ichimliklarni ichmoq joizdir.
2. Insonning o‘zi yoki ba’zi a’zosi halok bo‘lishini oldini olishga va vojib amallarni ado etishga zarur bo‘lgan ichimlikni ichish vojibdir.
3. Hojatini qondiradigan va chanqog‘ini qondiradigan darajada ichish mandubdir.
4. Hojatidan ziyoda ichish gohida makruh, gohida harom bo‘ladi.
5. Ichimlik ichishdan oldin «bismillahi»ni aytiladi.
6. O‘ng qo‘l bilan ichiladi.
7. Uch marta bo‘lib-bo‘lib nafas olib ichiladi.
8. Idishning ichiga nafasini urmaydi.
9. O‘tirgan holda ichadi.
10. Suvni simirib ichadi.
11. O‘ta to‘yib ketadigan darajada ichmaydi.
12. Suv idishning og‘zidan ichmaydi.
13. Idishning uchgan joyidan ham ichmaydi.
14. Ichimlikni ichib bo‘lganidan keyin hamd aytadi.
15. Suvni ichib bo‘lgan odam boshqa kishiga bermoqchi bo‘lsa, o‘ng tarafidagi odamga uzatadi.
16. Tillo va kumush idishlarda taom eb, ichimlik ichib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 Avgust 2023, 08:53 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar