Joynamozning oldiga to‘siq qo‘yish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh yomonlikdan saqlasin sizni, ustoz! Joynamoz oldiga biror buyum, masalan, telefon jihozi yoki toshga o‘xshash narsalarni to‘siq qilib namozni ado qilsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar hech narsa topilmasa, bir chiziq chizib qo‘ysa ham, bo‘ladi. Maqsad, namozxonning oldidan biror narsa o‘tib ko‘nglini buzmasin, xususan, shayton vasvasa qilmasin. «Sutra» deganda namozxonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siq tushuniladi. «Sutra»ni Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablari mustahab, deganlar. Devor, ustun, nayza, aso, boshqa biror narsa sutra bo‘lishi mumkin.

26 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 140 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar