Dari poluchay(ehsonning mukofoti ehson)halolmi

Assalomu alaykum! Dari poluchay deb nomlangan komanda karantin vaqtida tuzilgan ekan, hozirda ko‘pchilik shu komandaga a’zo bo‘layotgan ekan. Dari poluchay a’zolarining ishining tartibi, har bir a’zo bo‘layotgan odam dastlab 180 ming so‘m pulni ehson qilib komandaga a’zo bo‘ladi, azo bo‘lgandan keyin bitta hamkor bilan telegram guruxiga kiradi va boshqa odamlarga ham Dari poluchay haqida aytib odamlarni a’zo bo‘lishiga undaydi va a’zo bo‘lganlar ham 180 ming so‘m bilan a’zo bo‘ladi shu tariqa komanda kengayib ketaveradi,a’zo bo‘lishga undagan odam uzi bilmagan 8 kishidan 180 mingdan ehson oladi shunda 8 kishidan olingan ehson puli halolmi? Bir tanishim shunga a’zo bo‘lgan ekan bu mumkin emas desam menga ishonmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emas. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 14:07 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar