Namozga ruxsati yo‘q ishxonalar

Assalomu alaykum! Hozirda vaqtincha ishsizman, lekin izlayapman. Qaysi korxona yoki tseh, yoki yana boshqa ishxonalarda ish bor, lekin namoz o‘qishga sharoiti yo‘q. Ko‘pchilik tanishlarim uyda qazo qilib o‘qisa bo‘ladi deyishyapti. Lekin bu noto‘g‘riku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz halol bir ishga joylashavering, astoydil niyat qilsangiz namozingizni sharoitini ham Alloh taolo O‘zi to‘g‘rilab qo‘yadi. Qazo qilishga uzr yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:52 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar