Turib suv ichish
Assalamu alaykum! Man bugun juda chanqagan edim va turib suv ichdim, agar o‘tirib ichishga imkoniyat bo‘lmasa turib ichish joiz deb eshitgandim, Lekin yonimdagi odamlar Payg‘ambarimiz Muxammad Sollalloxu Alayxi Vasallam turb suv ichsangiz og‘zingizga qo‘lingizni tiqib qusing deganlar deb jaxl qilidi. Man etibor bermadim. Bunday narsa yoqmi? Va turib ichish joizmi bazi xollarda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Suvni o‘tirib ichish mustahab. Imkon boricha o‘tirib ichishga harakat qilish kerak. Vaziyat taqozo qilgan vaqtda esa zarurat yuzasidan turib ichishda karohiyat yo‘q. O‘tirib ichishga imkoni bo‘la turib unutib turib ichgan inson esa hadisga amal o‘laroq qusishga harakat qilishi mustahabdir. Hadisi sharifda bunday deyilgan: وَلِمُسْلِمٍ وَأَبِي دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيِّ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الشُّرْبِ قَائِمًا. وَلِمُسْلِمٍ: لَا يَشْرَبَنَّ أَحَدٌ مِنْكُمْ قَائِمًا فَمَنْ نَسِيَ فَلْيَسْتَقِئْ Muslim, Abu Dovud va Termiziylarning rivoyatida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib ichishdan qaytardilar», deyilgan.
Muslimning rivoyatida esa:
«Sizdan birortangiz ham tik turib ichmasin. Kim unutgan bo‘lsa, qusib yuborsin», deyilgan. عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: رَأَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَشْرَبُ قَائِمًا وَقَاعِدًا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ Amr ibn Shuaybdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamni tik turib ham, o‘tirib ham ichayotganlarini ko‘rdim».
Termiziy rivoyat qilgan va sahih degan.
Sharh: Ulamo ahli ichimlikni tik turib yoki o‘tirib ichish haqida kelgan rivoyatlarning hammasini jamlab, taqqoslab, boshqa sabablarini ham topib, o‘rganib chiqqanlaridan so‘ng «O‘tirib ichish mustahabdir, tik turib ichish esa ba’zi vaqtlarda joizdir», deganlar. Vallohu a’lam!
11 Sentabr 2023, 14:26 | Savol-javoblar | 0 | Hadislar