Xomiladorlikda niyat

Assalomu alaykum! Men xomilador bo‘lganimdan boshlab, Allohdan o‘g‘il farzand nasib qilsang, ismini Muhammad qo‘yamiz deb niyat qilganman. Alxamdulillax 2 farzandim bor. Bir o‘g‘il, bir qiz. Er-xotin keyingi o‘g‘il farzandimizga Muhammad deb ism qo‘yamiz deb niyat qilib qo‘ygan edik. Bizning uyda xam Muxammad ismli farzandimiz bo‘lishini, uyimiz yanada barakaga to‘lishini niyat qilgan xolda Allohdan shunday deb so‘rab niyat qilar edim. Endi farzandim tug‘ilishiga 1 oycha vaqt qoldi, ismini Muxammad qo‘ymasak (ayrim sabablarga ko‘ra), Allohni berganiga shukr qilmagan bo‘lib qolamizmi? Xo‘jayinim farzandga tug‘ilganidan keyin ism beriladi, xech nima qilmaydi deyabtilar. Yoki boshqa ism qo‘yilgan taqdirda xam o‘zim, onasi sifatida Muxammad deb chaqirsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muhammad ismini qo‘yishingiz majburiy emas. Istagan ismni qo‘yishingiz mumkin. Biror mushkullik yo‘q. Ma’nosi noshar’iy bo‘lmasa bas. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 20:26 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar