Yozda burun qonashi

Assalamu alaykum! Yoz vaqtida sog‘liqdagi muammolar tufayli burun tez-tez qonab turadi. Qonni tozalab tahorat olaman. Namozni ado etganimdan so‘ng tekshirib ko‘rsam burun ichida mayda qonlar qotib qolgan bo‘ladi. Bu holat menda vasvasaga sabab bo‘lyabdi. Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qon to‘xtagach tahorat olishga shoshilmaslik kerak. U to‘liq to‘xtaganiga ishonch hosil qilgach keyin tahorat olish kerak. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 20:46 | Savol-javoblar | 0 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar