Ilmsiz imom
Assalomu alaykum! 15-20 oralig‘idagi bollar jamoa bo‘lib qoldi ularni hech biri arab tilini bilmaydi va namozni ham youtube yoki qaysidur programmadan o‘rgangan shunda ular namozni jamoa bo‘lib o‘qisa bo‘ladimi yoki alohida o‘qigani joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular namozni jamoat bo‘lib o‘qishlari kerak. Garchi ularning hech qaysilari namozni sunnatlari bilan mukammal ado qila olmasalarda, ular orasida albatta tafovut bor va ularning birlari imomlikka o‘tishga boshqalaridan ko‘ra haqliroq bo‘ladi.
Namozda imomlik qilish shariatda shartlari belgilangan mas’uliyatli ishdir. Uni mazkur shartlarni o‘zida mujassam etgan har bir musulmon shaxs ado qilishi mumkin.
Shu bois, namozda imom bo‘ladigan shaxs haqida kelgan shar’iy hukmlarni bilib olmog‘imiz lozim.
Imomlikning to‘g‘ri bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bo‘lishi kerak:
1. Islom.
Imomlikka o‘tadigan shaxs, avvalo, musulmon bo‘lishi kerak. Musulmonmas odam imom bo‘lishi mumkin emas. Kishi agar birovning musulmonligini aniq bilmay turib uning orqasida namoz o‘qisa, namozi qabul. Namozdan keyin imomning musulmonligi aniq bo‘lsa, hech gap yo‘q. Ammo uning musulmonmasligi ayon bo‘lib qolsa, namozni qaytadan o‘qiydi.
2. Aql.
Aqli yo‘q odamning ortidan namoz o‘qib bo‘lmaydi.
3. Balog‘atga etgan bo‘lish.
Balog‘atga etmagan bola imom bo‘la olmaydi.
4. Erkaklik.
Ayol va xunasa haqiqiy erkakka imom bo‘lishi mumkin emas.
5. Tahoratli bo‘lish.
Betahorat odam imom bo‘la olmaydi.
6. Qiroat va arkonlarni yaxshi qila olishlik.
Qiroatni durust qila olmaydigan kishining ortidan undan kO‘ra ilmliroы kimsaning namoz o‘qishi joiz emas. Bunday odam faqat o‘ziga teng yoki pastroq saviyada bo‘lgan kishilarga imomlik qilishi mumkin. Qori odam omi odamning ortidan namoz o‘qishiiga tO‘ri kelib qolsa, qori o‘z namozini qaytadan o‘qiydi.
Shuningdek, ruku’, sajda, qa’da kabi namozning ruknlarini qila olmaydigan odamning ortidan sog‘ odam namoz o‘qishi ham joiz emas.
7. Birovga namozda iqtido qilib turmagan bo‘lishi shart.
Bunda u ayni vaqtda imomga iqtido qilib turibdimi yoki imomga kechikib iqtido qilgani uchun namozning qolganini o‘zi davom ettirmoqdami, farqi yo‘q.
8. Uzrlardan salomat bo‘lmog‘i.
«Uzrlar» deganda, doimo burnidan qon oqib turishi, siydigi oqib turishi, el chiqib turishi kabi narsalar tushuniladi.
9. Tili burro bo‘lib, barcha harflarni to‘g‘ri talaffuz qila olishi shart.
Tili chuchuk yoki duduq kishilar imom bo‘la olmaydilar.
Imomlikka o‘tishga haqliroq bo‘lganlar tartibi ыuyidagicha:
1) sunnatni biluvchirog‘i;
2) qorirog‘i;
3) parhezkorrog‘i;
4) yoshi kattarog‘i;
Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qavmga ularning ichidan Allohning kitobiga qoriroqlari imom bo‘ladi. Agar qiroatda barobar bo‘lsalar, sunnatni yaxshi biladiganlari. Agar sunnatda ham barobar bo‘lsalar, hijrati oldinrog‘i. Agar hijratda ham barobar bo‘lsalar, yoshi kattaroq bo‘lganlari.
Bir odam hech qachon boshqa birovga uning saltanatida imomlik qilmasin va uning uyidagi o‘zi uchun tayyorlagan joyiga o‘tirmasin. Magar uning izni ila bo‘lsa, mayli», – dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Ushbu hadisi sharifda, kim imom bo‘lishga haqliroq ekani ketma-ket bir necha sifatlar ila bayon qilib berilmoqda. Shu bilan birga, ulamolarimiz ta’kidlaganidek, mazkur sifatlarda o‘sha vaqt voqe’ligi e’tiborga olinmoqda.
Keling, yaxshisi o‘sha sifatlarni birin-ketin ko‘rib chiqaylik.
Avvalo, har bir qavmga ularning ichidan:
«Allohning kitobiga qoriroqlari imom bo‘ladi».
Bu, imom tanlash vaqtida, avvalo, Qur’onni bilish, qiroat qilish sifatiga qaraladi, deganidir.
«Agar qiroatda barobar bo‘lsalar, sunnatni yaxshi biladiganlari» imom bo‘ladi.
Ba’zi ulamolar imomlikka da’vogarlar ichidan munosibini tanlash uchun xuddi shu tartib yo‘lga qo‘yilib, birinchi navbatda qori, ikkinchi o‘rinda olim turadi, deganlar. Ularning asosiy dalillari ushbu hadisning zohiri – yuzaki ma’nosidir.
Lekin jumhur ulamolar, jumladan, Hanafiy mazhabi ulamolari ham sunnatni yaxshi biladigan olim kishi qoridan muqaddam qo‘yiladi, deganlar.
Chunki, olim odam namozga kerakli Qur’on qiroatini yaxshi bilishi turgan gap, ammo qori odam namozda yuzaga kelib qoladigan masalalarni darhol hal qilib keta olmasligi mumkin, deydilar.
Ushbu hadisda qorining muqaddam qilinishi, sahobai kiromlarning qorilari ularning eng olimlari bo‘lganligi e’tiboridandir.
Demak, namoz haqida eng ilmi ko‘p odam oshkora fahsh, gunoh ishlardan chetda bo‘lishi va Qur’ondan namoz uchun zarur qismini yaxshilab yodlab olgan bo‘lishi sharti bilan, imomlikka eng haqli odam hisoblanadi.
Marsad ibn Abu Marsad Fanaviydan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar namozingizning qabul etilishi sizlarni xursand qiladigan bo‘lsa, sizga yaxshilaringiz imom bo‘lsin. Chunki ular siz bilan Robbingiz orasida vakilingizdir», – dedilar».
Tobaroniy va Hokim rivoyat qilishgan.
Undan keyin qorirog‘i imomlikka haqli bo‘ladi. Ya’ni Qur’onni yaxshiroq qiroat qiladigani, ko‘proq o‘qigani.
Keyin parhezkorrog‘i haqli bo‘ladi. Ya’ni, harom va makruhlardan taqvo qilish bilan birga, shubhali narsalardan ham o‘zini olib qochishda peshqadamrog‘i.
Mazkur sifatlarda saviyasi teng bo‘lib qolgan kishilar ichidan yoshi kattasi imomlikka o‘tadi.
Imomlikka bulardan keyingi haqlilar quyidagi tartibda tanlanadi: xulqi yaxshisi, tahajjudni ko‘p o‘qiydigani, nasabi sharaflisi va kiyimi kir-chirlardan tozasi. Vallohu a’lam!
11 Sentabr 2023, 20:56 | Savol-javoblar | 0 | Namoz