Meni gaplarim bilan taloq tushadimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men qatiq xatoga yo‘l qo‘ydim, xotinim ketib qolgan edi. Oradan bir haftalarcha o‘tib onam holamlarnikiga o‘tirishga borgan edi. Holamga kelini meni xotinimni oldin yaxshi ko‘rgan yigiti bor edi deb aytibdi. Onam uyda menga aytdi, bundan qattiq jahlim chiqdi bu menga qattiq ta’sir qildi. Oradan kun o‘tib mahalla komiteti uyga onamga pensiya olib kelib “keliniz meni oldimga alimentga berish uchun spiravkaga keldi” debdi. Onam menga aytdi men xotinimga telefon qildim, nega undaqa qilding desam u achchiq ustida qilganini aytdi va menda ko‘ngli borligini aytdi. Ertasiga uyda choy uchib o‘tirsek akam “xotining seni alimentga beribtida a” dedi. Bu so‘z meni g‘azabimi chiqardida onamga jahl qilib “nega hamaga aytib tashlayabsiz, meni u xotin bilan yashamasligimi xohlesizmi, mana uch taloq, ming taloq” deb yubordim. Onam ham mendan xafalar, bir aytishda uch taloq deb yubordim. Bundan xotinimi xabari yo‘q, shu holatda taloq tushadimi va nechta taloq tushadi? Bundan o‘zim ham afsusdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu bilan oraga uch taloq tushib,  qolgan taloqlarga javob berasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 156 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar