Er uchun yasanish
Assalomu alaykum! Erim mening go‘zallik saloniga borishimni xohlamaydilar. Seni shundayligingcha sevaman, tabiiy go‘zalliging yoqadi deydilar. Lekin men ishonmayman. Ko‘chada, ishxonalarida o‘ziga qarab erkaklarni jalb qiladigan ayollar ko‘p, ulardan rashk qilaman va ulardanda go‘zal bo‘lish uchun 10-15 kunda salonga boraman. (Lekin Alloh harom qilgan kiprik ulash, qosh rastushovkasi, lak bo‘yash kabilarni qilmayman). Ba’zida erimga aytmasdan ham boraman, aytsam ruhsat bermaydilar, janjal boshlanmasin deb qo‘rqaman. Lekin salonga borganimni sezib indamaydilar, ko‘rinishim, sochim o‘zgargani yoqadi, buni sezaman. Pulni tejash uchun salonga borma deydilar. Lekin salonga o‘z pullarimdan ishlataman. O‘zim hijobdaman, faqat erim uchungina boraman salonga. Shu vaziyatda erim ruhsat bermasa ham, ba’zida ularga aytmasdan ham salonga borishim to‘g‘rimi? Ayol kishining eri uchun yasanishi savob emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishining eri uchun yasanishi joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:39 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishining eri uchun yasanishi joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:39 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush