Tarozida kam yoki ko‘p o‘lchash haqida
Assalomu alaykum! Men bozorda savdo qilaman. Tarozidan foydalanish paytida tarozi to‘g‘ri bo‘lmaydi yoki ozroq ko‘payib ketadi ba’zan aksincha. Shu haqida fiqhiy fikrlar qanday? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tarozida oz qilib berish shariatimizda harom qilingan amallardan. Oqibati juda yomon bo‘ladi. Alloh taolo “Mutoffifun” surasida marhamat qiladi: وَيْلٌ لِّلْمُطَفِّفِينَ 1. Vayl bo‘lsin o‘lchovdan urib qoluvchilarga. «Vayl» so‘zining ikki xil ma’nosi bor, biri «Voy bo‘lsin», ikkinchisi esa do‘zaxning nomlaridan biri «Vayl», ya’ni «O‘lchovdan urib qoluvchilarga Vayl do‘zaxi bo‘lsin» deganidir. Bizningcha, ikki ma’no bir-birini to‘ldirib keladi: «Vayl»ga tushgan odamning holiga voy bo‘ladi, holiga voy bo‘lgan odam «Vayl»ga tushadi. Demak, Islom o‘zining dastlabki kunlaridan boshlaboq, birovning haqqini haromdan eyishga qarshi qattiq urush ochgan. U o‘lchovdan oz-oz urib qoluvchilarning ham do‘zaxga tushib, holi voy bo‘lishini e’lon qilgan. Qur’oni Karim bu masalani ushbu surai karimadan boshqa suralarda ham ko‘targan. Xususan, Shua’yb alayhissalom qissasida u zotning qavmlarining eng katta aybi o‘lchovda birovning haqidan urib qolish ekani takror-takror ta’kidlangan. Har safar shu haqda so‘z ketganda, Alloh taolo o‘sha qavmni mazkur aybi uchun halok qilgani ham takrorlangan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam esa o‘z hadisi shariflarida oyati karimalarning ma’nolarini ta’kidlaganlar. Jumladan, imom Hokim va Tobaroniy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zot sollallohu alayhi vasallam: «O‘lchovdan urib qolmaslar. Nabototdan man qilinurlar va qahatchilik ila tutilurlar», – deganlar. Bu «O‘lchovda birovning haqidan urib qolish bilan mashg‘ul bo‘lgan qavmning yurtidan baraka ko‘tarilib, ocharchilikka duchor bo‘lurlar» deganidir. Birinchi oyatda o‘lchovdan urib qoluvchilarga beriladigan jazo e’lon qilib bo‘linganidan so‘ng, endi keladigan oyatlarda ular mazkur qabih ishni qanday shaklda olib borishlari vasf qilinadi. وَإِذَا كَالُوهُمْ أَو وَّزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ الَّذِينَ إِذَا اكْتَالُواْ عَلَى النَّاسِ يَسْتَوْفُونَ 2. Ular odamlardan narsa o‘lchab olsalar, to‘liq olarlar. 3. Va agar odamlarga o‘lchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar. Ha, o‘lchovda urib qoluvchilar asosan olibsotar savdogarlar bo‘ladilar. Ular savdogarliklarini halollik, poklik bilan qilsalar, eng barakali kasbni qilgan bo‘lar edilar, ko‘p foyda topar edilar. Ammo ular ochko‘z, ebto‘ymas shaxslarga aylanib qolganlar. Shuning uchun savdodan tushgan foydani eb, to‘ymasdan, o‘lchovdan ham urib qolib – yalab to‘ymoqchi bo‘ladilar. Ular kishilardan narsa o‘lchab olayotganlarida zarracha ham kamaytirmasdan, iloji bo‘lsa, bir oz ortig‘i bilan o‘lchab olishga urinadilar. O‘zlari birovga o‘lchab yoki tortib berganlarida esa kamaytirib beradilar. Ana o‘shalar shu yo‘l bilan foyda ko‘rmoqchi bo‘ladilar. Kishilarga sezdirmay, oson yo‘l bilan molu mulk kasb qilmoqchi bo‘ladilar. Ehtimol, ular bu besh kunlik dunyoda qo‘lga tushmay, qilgan jinoyatlarining jazosini tortmay, qutulib ketarlar. Ammo... أَلا يَظُنُّ أُوْلَئِكَ أَنَّهُم مَّبْعُوثُونَ 4. Ana shular albatta qayta tiriltirilishlarini o‘ylamaydilarmi? Qayta tiriltirilganlarida ham... لِيَوْمٍ عَظِيمٍ 5. Buyuk bir Kunda. Qayta tiriltirilurlar. يَوْمَ يَقُومُ النَّاسُ لِرَبِّ الْعَالَمِينَ 6. U Kunda odamlar olamlar Robbi huzurida tik turarlar. Ha, barcha xaloyiq albatta qayta tiriltiriladigan kun Ulug‘ Kundir. U kunda odamlar Robbul olamiyn huzurida tik turib, bu dunyoda qilgan zarracha amallari haqida ham hisob-kitob beradilar. Ana shunda bu dunyoda o‘lchovdan urib qolganlar nima qiladilar? «Nima uchun falon kuni o‘lchov paytida Pistonchining haqidan buncha narsani urib qolding?» deb so‘ralsa, nima deb javob berishlarini o‘ylab ko‘rmaydilarmi?! Ana o‘shanda vayl – do‘zaxga tushib, hollariga voy bo‘lishini o‘ylab ko‘rmaydilarmi?! Yuqoridagi oyatlarda savdoda kishilar haqidan urib qoluvchi firibgarlar haqida so‘z yuritildi. Tarozimi, metrmi yoki boshqacha o‘lchovmi – baribir, ular kishilardan narsa olayotganlarida to‘liq, balki ortiqcha oladilar, ammo xaridorlarga o‘lchab berayotganda kam beradilar. Ular bu ishni qiyomatdan qo‘rqmaganlaridan qiladilar. Shuning uchun ham kelasi oyatlarda ish ular o‘ylaganlaridek emas, balki boshqacha bo‘lishi, har bir narsaning aniq hisob-kitobi borligi bayon qilinadi. كَلاَّ إِنَّ كِتَابَ الْفُجَّارِ لَفِي سِجِّينٍ 7. Yo‘q! Albatta, fojirlarning kitobi «sijjiyn»dadir. Yo‘q!!! Unday qilmasinlar! Bu yo‘llaridan qaytsinlar! O‘zlarini o‘nglasinlar! Va bilib olsinlarki, albatta, ular kabi fojirlarning kitobi oxiratda, mazkur odamlar Robbul olamiyn huzurida tik turib, hisob beradigan Ulug‘ Kunda «sijjiyn»da bo‘ladi. وَمَا أَدْرَاكَ مَا سِجِّينٌ 8. «Sijjiyn» ne ekanini senga nima bildirdi?! Ya’ni «Sen sijjiyn nima ekanini qaerdan ham bilarding. Uning mohiyati shunday kattaki, sen uni idrok eta olmaysan. Bilib qo‘y!» كِتَابٌ مَّرْقُومٌ 9. U yozilgan kitobdir. «Sijjiyn» lug‘atda «o‘ta tor» degan ma’noni anglatadi. Ushbu oyatning ta’rifidan esa u fojir odamning bu dunyoda qilgan kattayu kichik amallari yozib yurilgan «nomai a’mol» kitobi ekanini bilib olamiz. U kitobda biror narsa, hatto zarra miqdorida bo‘lsa ham, yozilmay qolmaydi. Unga yozilgan narsa esa aslo o‘chirilmaydi. Hammasi to‘laligicha qiyomat kuni bandaning o‘ziga ko‘rsatiladi. Ana o‘shaning asosida banda hisob-kitobga tutiladi. Qiyomat kuni fojirlarning nomai a’mollari «sijjiyn»da bo‘lar ekan. Ularning o‘zlari tor do‘zaxga asfalasofilin bo‘lganlari uchun, ularning kitoblari ham ana shunday vasfga ega bo‘lar, ana shunday joyga qo‘yilar ekan. Bundan barcha kofir, fojir va osiylar kerakli xulosa chiqarib, fursatning borida o‘zlarini o‘nglab olishlari kerak. Qiyomatdan qo‘rqib, unga iymon keltirib, unga tayyorgarlik ko‘rib yashasinlar. U kunni yolg‘onga chiqarsalar bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo qiyomat kunini yolg‘onga chiqaruvchilarga do‘zaxni naqd qilib qo‘yibdi: وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ 10. O‘sha Kunda yolg‘onga chiqaruvchilarga vayl bo‘lsin! ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat