Komikslar, kinolar

Assalomu alaykum! Men anchadan beri komikslar va filmlarga qiziqaman. Ammo ularni pulga sotib olib ko‘rolmayaman yoki o‘qiyolmayman. Savolim shuki, shunday obektlarni tekinga tarqatiladigan joylardan (telegram, saytlar) olish joizmi? Yana bir savolim agar men komiksni tekinga olib uni o‘zbekchaga pulga tarjima qilsam qanday vaziyat bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mualliflik huquqlariga tajovuz qilish joiz emas. Siz bu narsalarni o‘rniga dunyo va oxiratingizga foydasi bo‘ladigan ishlar va ilm bilan shug‘ullaning. Umringizni foydali narsalarga sarflang.عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar. 
(Sunani Dorimiy). Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2023, 12:47 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar