Fidyani maydalab kunda berib turish
Assalomu alaykum! Otam 38 yoshlarida vafot etganlar, ro‘za tutganlar lekin namoz o‘qimaganlar. O‘qimagan namozlari fidyasini imkonim boricha kunda ehson qilib, savobi otamni o‘qimagan namozlari fidyasi bo‘lsin deyman. Otam uchun yana nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning fidya haqida ilmingiz ozga o‘xshaydi. Ko‘chadagi tilanchilarga odatda arzimagan pul beriladi. Fidyaning miqdori esa tayin va uning qadri bor. Uni alohida hisoblab aynan zakot olishga haqli faqir-miskinlarga berish kerak bo‘ladi.
Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi. Yarim so’ bug‘doyni ba’zi bir kitoblarda “1087,5 gr” yozilib qolgan ekan. Bu ulamolarning tahqiqotiga biroz xilof. Shuning uchun 2 kilogrammni olgan afzal. Ya’ni bir vaqt namoz uchun 2 kilogramm bug‘doy. Shunda bir kundagi 6 vaqt namozga hisoblansa 12 kilogramm bug‘doy degani. Shunda 1 kilogramm bug‘doy 2000 so‘m bo‘lsa, bir kunligi 24.000 so‘m bo‘larkan. Bir yillik namozlariniki 8.760.000 so‘m, bir yillik ramazon ro‘zasiniki 120.000 bo‘ladi. Bug‘doyni bozordagi narxi o‘zgarishiga qarab raqamlarda ham o‘zgarish bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Sentabr 2023, 16:07 | Savol-javoblar | 0 | Namoz