Taloq bo‘lding desa taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im 1,5 oy oldin qattiq jaxllari chiqgani sababli "Uch taloq bo‘lding" deb qo‘ygan edilar. 1 kundan keyin yarashib olganimizdan keyin, Siz uch taloq deb qo‘ydiz deganimda, bo‘yningga olgan bo‘lsen bor ketvur dedilar. Man xayron bo‘ldim, lekin shu kungacha xayollarimda faqat shu narsa. Ko‘p taloq to‘g‘risidagi savollarni o‘qib, "Taloq bo‘lding" degan jumlani topmadim. Umid qilib yozayotgan edim. Uch taloq bo‘lding desa xam taloq tushadimi? Endi men qayta nikoxlanish uchun nimalar qilishim kere? Turmush o‘rtogimdan iloji boricha qochib yuribman, xuddi befarq aeldek, o‘zim qiynalib ketdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar holat xuddi aytganingizdek bo‘lsa sizlarni birga yashashlaringiz uchun aslo mumkin emas. Buning hukmi “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi: Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 00:31 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush