Xotirani kuchaytirish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men shu saytda 2 yil avval xotirani kuchaytiradigan namoz haqida o‘qigan edim. Hozir xech izlab topolmayapman Iltimos yordam beringlar. Men Qur’ondan 3 juz yodlaganman, insha Alloh hammasini yodlash niyatim bor. Sizlardan duo umididaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!YoD OLISh DUOSIعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: بَيْنَمَا نَحْنُ عِنْدَ رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم إِذْ جَاءَهُ عَلِيٌّ رضي الله عنه فَقَالَ: بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي يَا رَسُولَ اللهِ، تَفَلَّتَ هَذَا الْقُرْآنُ مِنْ صَدْرِي، فَمَا أَجِدُنِي أَقْدِرُ عَلَيْهِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم : يَا أَبَا الْحَسَنِ، أَفَلَا أُعَلِّمُكَ كَلِمَاتٍ يَنْفَعُكَ اللهُ بِهِنَّ وَيَنْفَعُ بِهِنَّ مَنْ عَلَّمْتَهُ، وَيُثَبِّتُ مَا تَعَلَّمْتَ فِي صَدْرِكَ، قَالَ: أَجَلْ يَا رَسُولَ اللهِ، فَعَلِّمْنِي، قَالَ: إِذَا كَانَ لَيْلَةُ الْجُمُعَةِ فَإِنِ اسْتَطَعْتَ أَنْ تَقُومَ فِي ثُلُثِ اللَّيْلِ الْآخِرِ فَإِنَّهَا سَاعَةٌ مَشْهُودَةٌ وَالدُّعَاءُ فِيهَا مُسْتَجَابٌ، وَقَدْ قَالَ أَخِي يَعْقُوبُ لِبَنِيهِ: سَوْفَ أَسْتَغْفِرُ لَكُمْ رَبِّي، يَقُولُ حَتَّى تَأْتِيَ لَيْلَةُ الْجُمْعَةِ، فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَقُمْ فِي وَسَطِهَا، فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَقُمْ فِي أَوَّلِهَا فَصَلِّ أَرْبَعَ رَكَعَاتٍ تَقْرَأُ فِي الرَّكْعَةِ الْأُولَى بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَسُورَةِ يس وَفِي الرَّكْعَةِ الثَّانِيَةِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَ حم الدُّخَانِ، وَفِي الرَّكْعَةِ الثَّالِثَةِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَ الم تَنزِيلُ السَّجْدَةِ، وَفِي الرَّكْعَةِ الرَّابِعَةِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَ تَبَارَكَ الْمُفَصَّلِ، فَإِذَا فَرَغْتَ مِنَ التَّشَهُّدِ فَاحْمَدِ اللهَ وَأَحْسِنِ الثَّنَاءَ عَلَى اللهِ وَصَلِّ عَلَيَّ وَأَحْسِنْ وَعَلَى سَائِرِ النَّبِيِّينَ، وَاسْتَغْفِرْ لِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَلِإِخْوَانِكَ الَّذِينَ سَبَقُوكَ بِالْإِيمَانِ، ثُمَّ قُلْ فِي آخِرِ ذَلِكَ: اللَّهُمَّ ارْحَمْنِي بِتَرْكِ الْمَعَاصِي أَبَدًا مَا أَبْقَيْتَنِي، وَارْحَمْنِي أَنْ أَتَكَلَّفَ مَا لَا يَعْنِينِي، وَارْزُقْنِي حُسْنَ النَّظَرِ فِيمَا يُرْضِيكَ عَنِّي، اللَّهُمَّ بَدِيعَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرْضِ ذَا الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ وَالْعِزَّةِ الَّتِي لَا تُرَامُ، أَسْأَلُكَ يَا أَللهُ يَا رَحْمَنُ بِجَلَاِلِكَ وَنُورِ وَجْهِكَ أَنْ تُلْزِمَ قَلْبِي حِفْظَ كِتَابِكَ كَمَا عَلَّمْتَنِي، وَارْزُقْنِي أَنْ أَتْلُوَهُ عَلَى النَّحْوِ الَّذِي يُرْضِيكَ عَنِّيَ، اللَّهُمَّ بَدِيعَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرْضِ ذَا الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ وَالْعِزَّةِ الَّتِي لَا تُرَامُ، أَسْأَلُكَ يَا أَللهُ يَا رَحْمَنُ بِجَلَالِكَ وَنُورِ وَجْهِكَ أَنْ تُنَوِّرَ بِكِتَابِكَ بَصَرِي، وَأَنْ تُطْلِقَ بِهِ لِسَانِي، وَأَنْ تُفَرِّجَ بِهِ عَنْ قَلْبِي، وَأَنْ تَشْرَحَ بِهِ صَدْرِي، وَأَنْ تُعْمِِلَ بِهِ بَدَنِي لِأَنَّهُ لَا يُعِينُنِي عَلَى الْحَقِّ غَيْرُكَ، وَلَا يُؤْتِيهِ إِلَّا أَنْتَ، وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ الْعَلِيِّ الْعَظِيمِ، يَا أَبَا الْحَسَنِ، فَافْعَلُ ذَلِكَ ثَلَاثَ جُمَعٍ أَوْ خَمْسَ أَوْ سَبْعَ تُجَابُ بِإِذْنِ اللهِ، وَالَّذِي بَعَثَنِي بِالْحَقِّ مَا أَخْطَأَ مُؤْمِنًا قَطُّ. قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: فَوَاللهِ مَا لَبِثَ عَلِيٌّ إِلَّا خَمْسًا أَوْ سَبْعًا حَتَّى جَاءَ عَلَى رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم فِي مِثْلِ ذَلِكَ الْمَجْلِسِ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنِّي كُنْتُ فِيمَا خَلَا لَا آخُذُ إِلَّا أَرْبَعَ آيَاتٍ أَوْ نَحْوَهُنَّ، وَإِذَا قَرَأْتُهُنَّ عَلَى نَفْسِي تَفَلَّتْنَ، وَأَنَا الْيَوْمَ أَتَعَلَّمُ أَرْبَعِينَ آيَةً أَوْ نَحْوَهَا وَإِذَا قَرَأْتُهَا عَلَى نَفْسِي فَكَأَنَّمَا كِتَابُ اللهِ بَيْنَ عَيْنَيَّ، وَلَقَدْ كُنْتُ أَسْمَعُ الْحَدِيثَ فَإِذَا رَدَّدْتُهُ تَفَلَّتَ، وَأَنَا الْيَوْمَ أَسْمَعُ الْأَحَادِيثَ فَإِذَا تَحَدَّثْتُ بِهَا لَمْ أَخْرِمْ مِنْهَا حَرْفًا، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم عِنْدَ ذَلِكَ: مُؤْمِنٌ وَرَبِّ الْكَعْبَةِ يَا أَبَا الْحَسَنِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik, birdan Ali kelib:«Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning Rasuli! Qur’on mening ko‘ksimdan chiqib ketmoqda. Uni (yodlashga) qodir bo‘la olmayapman», dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Ey Abul Hasan! Senga Alloh ular ila manfaat beradigan va sen o‘rgatganlarga ham manfaat beradigan hamda o‘rgangan narsangni ko‘ksingda sobit qiladigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?» dedilar.«Ha, ey Allohning Rasuli! Menga o‘rgating», dedi.«Qachon Jum’a kechasi bo‘lganda, agar kechaning oxirgi uchdan birida turishga qodir bo‘lsang, albatta, u shohid bo‘lingan soatdir. Unda duo ijobat bo‘ladir. Birodarim Ya’qub o‘z o‘g‘illariga «Sizlar uchun Robbimdan istig‘for so‘rarman», degan. U buni Jum’a kechasini kelishini (ko‘zlab) aytgan.Agar qodir bo‘lmasang, uning o‘rtasida tur. Agar bunga ham qodir bo‘lmasang, avvalida tur. To‘rt rak’at namoz o‘qi. Birinchi rak’atda «Fotiha» bilan «Yaasin» surasini o‘qi. Ikkinchi rak’atda «Fotiha» bilan «Haa miym» – «Duxon» surasini o‘qi. Uchinchi rak’atda «Fotiha» bilan «Alif. Laam. Miym. Tanziylu…» – «Sajda» surasini o‘qi. To‘rtinchi rak’atda «Fotiha» bilan mufassaldagi «Taborak» surasini o‘qi. Qachon tashahhuddan forig‘ bo‘lsang, Allohga hamd ayt va Allohga go‘zal sano ayt. Menga yaxshilab salovot ayt. Boshqa nabiylarga ham. Mo‘minlar va mo‘minalar hamda sendan oldin iymon bilan o‘tgan birodarlaring uchun istig‘for ayt. Ana o‘shalardan so‘ng «Allohim! Meni boqiy qoldirgan chog‘ingda ma’siyatlarni doimo tark qilish ila rahm qilgin. Meni o‘zimga befoyda bo‘lgan narsaga urinmaslik ila rahm qilgin. Meni Seni mendan rozi qiladigan yaxshi nazar ila rizqlantirgin. Allohim! Ey osmonlaru erni yo‘qdan bor qilgan Zot! Ey jalol, ikrom va mislsiz izzat egasi! Ey Alloh! Ey Rohman! Jaloling ila, yuzingning nuri ila so‘rayman! Qalbimga Kitobingni O‘zing menga o‘rgatganingdek yod olishni lozim qilgin! Uni Seni mendan rozi qiladigan tarzda tilovat qilish ila rizqlantirgin.Allohim! Ey osmonlaru erni yo‘qdan bor qilgan Zot! Ey jalol, ikrom va mislsiz izzat egasi! Ey Alloh! Ey Rohman! Jaloling ila, yuzingning nuri ila so‘rayman! Kitobing ila ko‘zimni munavvar qilgin. U bilan tilimni ravon qilgin. U bilan qalbimni ochgin. U bilan ko‘ksimni kengaytirgin. U ila badanimga amal qildirgin. Chunki haqda menga Sendan o‘zga yordam bera olmas. Uni Sendan o‘zga bera olmas. Allohda boshqada kuch ham, quvvat ham yo‘q», degin.Ey Abul Hasan! Buni uch yoki besh yoki etti Jum’a qilgin. Allohning izni ila ijobat qilinursan. Meni haq ila yuborgan Zot ila qasamki, bu hech bir mo‘minni chetlab o‘tmagan», dedilar».Ibn Abbos roziyallohu anhumo:«Allohga qasamki, besh yoki etti (Jum’a) o‘tishi bilan Ali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga xuddi avvalgiga o‘xshash majlisga keldi va:«Ey Allohning Rasuli! Avvallari to‘rt oyat yoki shuning atrofidaginani yod olar edim. Qachon ularni o‘qiyman desam, yodimdan chiqib qolar edi. Bugun esa qirq va uning atrofdagini yod olmoqdaman. Qachon ularni o‘qisam, xuddi Allohning Kitobi ko‘zim oldida turgandek bo‘ladi. Hadisni ham eshitar edim. Agar qaytarmoqchi bo‘lsam, yodimga kelmas edi. Bugun hadislarni eshitaman, agar ularni aytib bersam bir harfini ham qoldirmayman», dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:«Mo‘minsan! Ka’baning Robbi ila qasam, ey Abul Hasan!» dedilar».Termiziy rivoyat qilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 238 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar