Erimni ruxsatisiz dugonamga tilla uzugimni berganman

Assalomu alaykum! Men bir necha yillar oldin bir dugonamga erimni ruxsatisiz bir oyga tilla uzigimni berganman. Chunki dugonam usha vaqtda tillaga muxtojligini aytgan yani u tillani zalokka qo‘yib qarzlarini to‘lashi kerak bo‘lgan. Erimdan xam dugonam qarz so‘radi. Lekin erim yo‘q manda dedilar. Shunda raxmim kelib 1 oygagina tilla uzigimni berdim. O‘sha tilla uzigimni onam sovg‘a qilganlar. Savolim shuki men gunohkor bo‘lib qolmaymanmi. Gunoh bo‘lsa buni qanday tuzatsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha tilla buyum o‘zingizniki bo‘lsa uni kimgadir berish uchun eringizdan ruxsat so‘rashingiz shart emas. Kredit uchun garovga yordam qilmagan bo‘lsangiz bas. Agar shunday qilgan bo‘lsangiz tavba va istig‘for ayting. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 11:32 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar