Aqiqa uchun qo‘y
Assalomu alaykum! Men aqiqa uchun qo‘y olishga cho‘pon oldiga borib har tomonlama sog‘lom qo‘y tanlab cho‘pon aytgan pulga rozi qilib qo‘yni sotib oldim hamda ortib yuborasiz deb moshin gaplashib o‘zim uyga qaytdim. Qasob bilan uyda qo‘y kelganda oyoqlarini bog‘lab ortishibdi tushirib oyoqlarini echmasdan ko‘tarib kovlangan handaq oldiga olib bordikda so‘ydik. Terisini archayotgan vaqtda bilib qoldik oyog‘i ortib olib kelgan inson sindirib qo‘ygan ekan umuman habarimiz bo‘lmay sezmay qolibmiz. Savolim ushbu so‘yganimiz durust bo‘ladimi? Lekin sotib olganimda tanlagamimda soppa sog‘lom yugurib yurgandi, hozir endi yuragim g‘ash qalbim orom olmayapti. Nuqsonli so‘ygan aqiqamizni bolaga ziyoni bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aqiqa durust bo‘lishi uchun jonivor ayblardan xoli bo‘lishi shart. Siz aqiqa qilmagan hisoblanasiz. Qaytada n qiling.Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2023, 11:42 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar