Pulning qimmatlashishi

Assalomu alaykum! Men qarimdoshimga spark moshinasini sotgan edim 10.000 dollarga. Pulni keyin berishga kelishdik. Pulni olmasimdan dollarning narxi ko‘tarildi va natijada sparkning bozordagi narhi 6500 dollarga tushib qoldi. Shunda u kelib bozordagi narhni ya’ni 6500 beraman deyapti. Men esa kelishuv 10.000 ga bo‘lgan shuni berasan deyapman. Shu holatda shar’iy qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo muayyan narxga (sizning misolda 10.000 ga) tuzilgach, bozorda narx tushish-tushmasligidan qat’iy nazar mijoz uni o‘zgartirishni talab qila olmaydi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 18:22 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar