Pulni qaytarishim kerakmi?

Assalomu alaykum! Universitetda o‘qiyman. 1 yilcha oldin bir bolani imtixonida savollarini ishlab berib, evaziga oz miqdorda pul olgandim. U bola imtixonga kirib savollarini telefon orqali manga yuborgandi, man ishlab bergandim. Savolim shuki, olgan pullarım harommi? Agar harom bo‘lsa, usha bolani pulini qaytarib berishim kerakmi? Nima qilishni maslahat belasız?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U pullar harom. Uni faqir-miskinlarga savob umid qilmay sadaqa qilib yuboring. Qilgan ishingiz uchun tavba va istig‘for ayting. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 21:22 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar