Bolaning uvoli

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar xotin o‘z eridan taloq so‘rasa, er “yo‘q” deb bermasa, xotin ajrashaman desa, o‘rtada bola bo‘lsa, u bolani etim qilganiga ona aybdor bo‘lsa, otaga ham gunoh bo‘ladmi? Bolaning uvoli onaga uradmi? Bu vaziyatda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu juda nozik masala bo‘lib, ikki tomonning biri tarafiga hal qilish uchun ikki tarafni ham eshitish kerak bo‘ladi. Bu kabi masalalarni hal qilish, O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar