Ishxonada boshqa ish bilan shug‘ullanish

Assalomu alaykum! Bir ishxonada ishlab undan maosh olsa va o‘sha ixshonadagi ish vaqtida bir oz bo‘sh qolib shu bo‘sh vaqtida yashirincha tarzda boshqa bir daromad keltiradigan va bu ishxonaga bog‘liq bo‘lmagan ishni qilsa, bu odamning ishxonadan olayotgan maoshi halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish vaqti belgilab qo‘yilgan bo‘lsa o‘sha vaqt ichida boshqa yumush bilan shug‘ullanishi joiz emas. Shunday qilsa o‘sha vaqt uchun oladigan oyligi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 21:32 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar