Men dayus bo‘lib qolmaymanmi

Assalomu alaykum! Men turmush qurganimga salkam bir bo‘lib qoldi. Ayolim ibodatda va taqvosi bor. Ayolimni bir sinfdoshi yoqtirgan ekan, ayolimda ham unga nisbatan munosabat yaxshi bo‘lgan, to‘ydan keyin buni bilib qoldim va ayolimdan so‘radim, ayolim uni yoqtirmasligini va ozi rozi bo‘lib menga turmushga chiqqanini aytdi. Men Alloh uchun turmushimiz buzumasligi uchun unudim. Fitna uyg‘onmasligi uchun ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum bir cheklovlar qilganman. (Ya’ni ijtimoit tarmoqlarda uni rasmi va videolarini kuzatmaslik uchun) Songi kunlarda ayolim osha sinfdoshini ijtimoiy tarmog‘ini kuzatganini ko‘rib qoldim. Bunday hollarda men qanday yo‘l tutishim kerak? Men dayus bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz unga ko‘proq etibor qarating, nasihat qiling, tarbiyalang. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 23:02 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar