Kredit oladigan do‘st
Assalomu alaykum! Meni do‘stim doim kredit oladi.Kredit harom qilingan desam xop olmayman deydida qayta-qayta olaverdi. Mandan qarz oladi tez-tez. Man unga mani bergan pulimni kreditga to‘lama deb aytganman xo‘p deydi uyga mahsulotlar olaman deydi lekin olgan qarzini kreditga to‘layotgan yoki to‘lamayotganini bilmayman. Keyin qarzini qaytarishi kerak bo‘lgan payt boshqa tanishidan olib berayotganini ko‘p guvohi bo‘lganman. Mani pulimni qaytarish uchun boshqa tanishidan (bankka pul qoyib foiz oladigan tanishidan) pul olib manga beradi. Pul bermasam xafa bo‘ladi. Shunga maslahat bersangiz yoki do‘stlikni bekor qilib gaplashmay qo‘ysammikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday insonlarga qarz berishni to‘xtatish kerak. Ularga yaxshilik qilish - qarz bermaslikdir. Shunda kechiktirib bo‘lsa ham bor qarzlaridan qutulib oladi. Agar qarz beraversangiz u umrini oxirigacha birovning do‘ppisini boshqaga kiydirib yuraveradi. Vallohu a’lam!
5 Oktabr 2023, 17:59 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar