Birovni uyiga nazar solish
Assalomu alaykum! Ustoz sizga savolimmas iltimos bilan chiqdim. Men xidjobda yuraman. Bizning eshigimizning pochta tashaydigan joyi bor. Pochta qutisi yo‘q ammo teshigi bor. Qaysi erkak kelmasin o‘sha teshikdan avval qarab keyin eshik taqillatishadi. Biz usha payt boshimizda ro‘mol bo‘may qoladida. Ro‘mol o‘rashga xam ulgurolmay qolamiz. Men o‘zim samarkanddanman. Shunga masjidlarga shu xaqida erkaklarimizga maruza qib berilsa yaxshi bo‘lardida avval taqillatishsin birovni ayoli bo‘ladi bunaqa qilish mumkinmasku to‘g‘rimi bunaqa mo‘ralab birovni xovlisiga. Kechagina shunga o‘xshash ish bo‘ldi o‘shandan beri qiynalib yuribman xidjobsiz ko‘rib qoldi deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masala erkaklarga doim aytib kelinmoqda. Lekin o‘zingiz guvoh bo‘lganingizdek barchasi ham nasihatga amal qilavermaydi. Ayollarga ham o‘zini nomahramlar ko‘zidan asrash, ro‘molsiz yurganda uy eshigini lang ochiq qoldirmaslik, teshiklarni berkitish (pochta teshigi kabi) aytib kelinadi. Ammo mana siz kabilar bunga amal qilmayapti.
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir qavmning hovlisiga ularning iznisiz qarasa, bas, ular uning ko‘zini o‘yib olsalar, xun to‘lamaydilar», deganlar.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنِ اطَّلَعَ فِي بَيْتِ قَوْمٍ بِغَيْرِ إِذْنِهِمْ فَقَدْ حَلَّ لَهُمْ أَنْ يَفْقَأُوا عَيْنَهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir qavmning uyi ichiga ularning iznisiz nazar solsa, batahqiq, ularga uning ko‘zini o‘yib olish halol bo‘ladi», dedilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hukm ham Islom inson daxlsizligini ta’minlashga qanchalar katta e’tibor berishini ko‘rsatib turibdi. Inson o‘zini eng erkin sezadigan joy uning uyidir. U o‘z uyida boshqaning nazaridan va qulog‘idan xavfsiramay yashamog‘i lozim. Aks holda, uning uyidagi rohati to‘liq bo‘lmaydi. Bunday eminlikni ta’minlash uchun ushbu hadisi sharifdagi kabi shiddatli qonunlar kerak bo‘ladi.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَوْ أَنَّ رَجُلًا اطَّلَعَ عَلَيْكَ بِغَيْرِ إِذْنٍ فَخَذَفْتَهُ بِحَصَاةٍ فَفَقَأْتَ عَيْنَهُ مَا كَانَ عَلَيْكَ مِنْ جُنَاحٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar biror kishi sening ustingdan iznsiz kuzatib tursa-yu, sen mayda tosh otib, uning ko‘zini chiqarsang, senga gunoh bo‘lmaydi», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
5 Oktabr 2023, 17:49 | Savol-javoblar | 0 | Ayollarga oid masalalar